Jumladan, 931 tonna pilla, 207 ming 313 tonna gʻalla, 101,8 ming tonna paxta, takroriy ekinlar bilan birga, 194,7 ming tonnadan ortiq sabzavot, 69 ming tonnadan ortiq meva yigʻib olindi. 20,1 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Taʼkidlash oʻrinliki, soʻnggi yillarda yurtimizda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi, turmush darajasini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunda albatta, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori dasturilamal vazifasini oʻtamoqda. Qarorga koʻra, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va sotish uchun kichik hajmli sovutgichli “Dala doʻkon”lar barpo etish uchun kredit ajratish belgilangan.
Bugungi kunga qadar Navoiy viloyatidagi “Dala doʻkon”lar tashkil etish uchun Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan 35 tomorqa yer egasiga 990 million soʻm mablagʻ ajratib berildi.
Yaqinda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Haitov Navoiy viloyatida boʻlib, dehqon va fermerlar, tadbirkorlar bilan uchrashib, ular tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini koʻzdan kechirdi.
Navbahor tumanidagi “Yangiyoʻl” mahallasida 873 dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egasi ixtiyorida 87,4 gektar ekin maydoni bor. Mahalladagi 67 issiqxonada limon, pomidor, bodring, koʻkatlar va toʻqsonbosti sabzavot ekinlari yetishtirilmoqda. Mahalla “Bir mahalla bir mahsulot” tamoyili asosida sabzavotchilikka ixtisoslashgan.
Mazkur tumanda aholi gavjum joylarda “Dala doʻkon”larni qurish, “Namunali mahalla”, “Namunali tomorqa xizmati” MCHJ, “Namunali qishloq xoʻjaligi kooperativi” tashkil etish hamda suv taʼminoti ogʻir aholi xonadonlarida artezian quduqlarini qazish ishlari ham qizgʻin bormoqda.
Karmana tumanida ham aholi tomorqalarida sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti ekinlari ekilishi, namunali mahallalar, “Namunali tomorqa xizmati” MCHJlar va qishloq xoʻjaligi kooperativlari tashkil etilishi, dala doʻkonlari va muzlatkichli omborxonalar qurish ishlari jadallashmoqda. Jumladan, tumandagi “Karmana tomorqa xizmati 2” MCHJ issiqxona va aholi xonadonlari uchun sabzavot ekinlari, koʻchatlari, toʻqsonbosti ekinlari uchun sabzi, piyoz, karam va har xil turdagi koʻkat urugʻlari, mevali daraxt koʻchatlari yetkazib bermoqda.
“Karmana tomorqa xizmati 2” kelgusida tomorqa klasteriga aylantiriladi va 12 ta yoʻnalishdagi tarmoqlarda faoliyati tashkil etiladi. Ayni vaqtda “Uyrot” mahallasida 1006 nafar dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari ixtiyorida 51 gektar ekin maydoni bor. Ushbu mahalla “Bir mahalla bir mahsulot” tamoyili asosida chorvachilikka ixtisoslashgan boʻlsada, 24 gektar yerda 37 issiqxona barpo etilgan. Unda limon, pomidor, bodring, koʻkatlar va toʻqsonbosti sabzavot ekinlari yetishtirilmoqda. 200 tadan ortiq xonadonda ikki-uch martadan hosil olinayotgan boʻlsa, 590 ortiq xonadonda chorva mollari boqilmoqda.
Albatta, dehqon va fermerlarimiz tomonidan yetishtirilayotgan hosil nafaqat xonadonlarimiz va bozorlarimizni toʻldiradi,balki chetga eksport qilinishi bilan ham ahamiyatlidir.
Maʼrufjon OʻROZOV,
Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa
yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi yetakchi mutaxassisi