Tadbir viloyat Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etildi. Seminar 5 kun davom etib, mashgʻulotlarda Chet tillar fakultetining 200 nafar talabasi faol ishtirok etdi. Tadbir doirasida turizmning asosiy turlari, viloyatdagi turizm obyektlari toʻgʻrisida hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi.

Shuningdek, seminar davomida soha rivojiga doir eng yaxshi amaliyotlar mavzusida “Munozara” bahslari, “Zakovat” oʻyinlari tashkil etilib, chet tillarini yaxshi oʻzlashtirgan hamda Navoiy viloyatining turizm salohiyatiga doir bilimlarni mahorat bilan oʻzlashtirgan yoshlar spikerlar tomonidan saralab olindi.

Seminar yakunida turizmda mavjud muaommolar hamda soha istiqboli borasida soʻz yuritilib, talabalarning taklif va gʻoyalari tinglandi. Oʻquv mashgʻulotlarini muvaffaqqiyatli yakunlagan 50 nafar talabaga Boshqarma tomonidan hamkorlikdagi sertifikatlar va Samarqand shahriga bepul sayohat qilish uchun maxsus yoʻllanmalar topshirildi.