5 kun davom yetgan mazkur seminar mashgʻulotlarida Chet tillar fakultetining 200 nafar talabalari ishtirok yetib, bunda ularga Turizmning asosiy turlari, Turizm industriyasi, viloyatning turistik obektlari borasida hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi.

Shuningdek, seminar davomida Turizm rivojlanishida qoʻl keladigan yeng yaxshi amaliyotlar mavzusida “Munozara” bahslari, “Zakovat” oʻyinlari tashkil yetilib, chet tillarini yaxshi bilgan hamda Navoiy viloyatining turistik salohiyatiga doir bilimlarni mahorat bilan oʻzlashtirgan yoshlar, spikerlar tomonidan saralab olindi.