Prezidentning 2019-yil 12-13-mart kunlari Navoiy viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshirigʻi va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 11-sonli yigʻilish bayonining 107-bandiga muvofiq “Buyuk Ipak Yoʻli”ning Zarafshon-Qoraqum qismida joylashgan “Qosim-Shayx”, “Mirsaid Bahrom”, “Raboti-Malik”, “Sardoba”, “Mavlono Orif Deggaroniy” madaniy meros obyektlarini YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi yodgorliklari roʻyxatiga kiritish vazifasi topshirilgan.

 

 

Navoiy viloyati hokimligi xabariga koʻra, mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan yuqorida koʻrsatilgan obyektlarni YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritish boʻyicha oʻtgan yilning 20-may kuni viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi va Oʻrta Osiyo Xalqaro tadqiqotlar instituti (IICAI) oʻrtasida loyihaning umumiy qiymati 11 00,0 mln. soʻmlik ikki tomonlama shartnoma imzolandi.

 

 

Qayd etilishicha, “Qosim-Shayx”, “Mirsaid Bahrom”, “Raboti-Malik”, “Sardoba”, “Mavlono Orif Deggaroniy” madaniy meros obyektlarini YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi yodgorliklari roʻyxatiga kiritish ishlari 2021-yilning aprel oyida toʻliq yakunlanadi.