Telekoʻrsatuvni yoʻlga qoʻyishdan koʻzlangan asosiy maqsad — oʻquvchi-yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, ularning isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etishdir.

Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi hamda Navoiy viloyati madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda har haftaning juma kunlari viloyat televideniyesi orqali tizimli namoyish etilishi yoʻlga qoʻyilgan “Asl sanʼat jonli ijroda” deb nomlangan telekoʻrsatuv oʻquvchi-yoshlarda oʻzlari tanlagan ixtisosliklarni chuqur oʻrganishga qiziqishni oshirish, yosh ijrochilarning isteʼdodi va ijodiy qobiliyati boʻyicha ijrochilik koʻnikmalarini yana-da rivojlantirish, oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalariga olib chiqishga qodir iqtidorli yoshlarni kashf etish va ular ijodini targʻib etishni ham maqsad qilgan.

Telekoʻrsatuvning dastlabki sonlarida maqom va baxshichilik sanʼati yoʻnalishida ijod qilayotgan yoshlar va ularning ustozlari bilan oʻtkazildi.

Telekoʻrsatuvda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini ham doimiy iqtidorlarini namoyish etish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.