Navoiy viloyati DXX, ichki ishlar hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Ch. qizi 2023-yilda tugʻilgan B.D.ni boshqa bir fuqaroga 90 million soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.