Shundan 12 474 gektari tomchilatib, 551 gektari yomg‘irlatib sug‘orishga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublikamizda bir yilda o‘rtacha 52 milliard m3 suv ishlatiladi, shundan 80 foizi transchegaraviy daryolar hissasiga to‘g‘ri kelib, qo‘shni davlatlar hududidagi muzliklar va qorlarning erishi hisobiga shakllanadi. Olingan suvning esa 90 foizi mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi sohasida foydalaniladi.

Shunday ekan, suvni tejash texnologiyalarini qo‘llash qanchalik ahamiyatli ekanligini baholash qiyin emas. Navoiy viloyatida jami zamonaviy texnologiyalar asosida sug‘oriladigan maydonning 10 000 gektar paxta, 1 188 gektar ozuqabop ekinlar, 724 gektar tokzor, 579 gektar bog‘da tomchilatib sug‘orish tashkil etilsa, 551 gektar ozuqabop ekinlar maydonini yomg‘irlatib sug‘orish belgilagan.

Mazkur sug‘orish texnologiyalarini o‘rnatish uchun 306 milliard 242 million so‘m mablag‘ talab etiladi, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.