Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “S.-c.” MCHJni boshqaruvchisi O.Oʻ. fuqaro A.F.ning ishonchiga kirib, uni Germaniya davlatiga ishga yuborishi evaziga fuqaro A.B. orqali 2 200 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.