Farmoyishga muvofiq, shahar va tumanlar hokimlariga 1 kun muddatda lavozimga tayinlangan hokim yordamchilari bilan mehnat munosabatlariga kirishish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish vazifasini amalga oshiradi.
Yangi tizimga koʻra tayinlangan hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdorlari va shart-sharoitlar davlatimiz rahbarining 2021-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan tartibda shakllantiriladi.
Eslatib oʻtamiz, hokim yordamchilari mahalladagi ishsiz aholini ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, respublika vakillari bilan birgalikda oʻziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish boʻyicha 2022-yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, ijrosi taʼminlashi kabi vazifalarni amalga oshirishi koʻzda tutilgan, deb xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.