Navoiyda hunarmandchilik mahsulotlari bozori tashkil etildi

    Turizm 25 Sentabr 2020 1906

    Samarqand va Buxoro viloyatlarini bogʻlab turuvchi asosiy turizm koridori sanalgan Navoiy viloyati M-37 avtomobil yoʻlining Raboti-Malik karvonsaroyi hamda Sardoba obyektlari joylashgan hududda yangi hunarmandchilik mahsulotlari doʻkonlari tashkil etildi.

    “Sardoba” MFY hududida joylashgan “Raboti Malik Sardobasi” va “Raboti Malik” karvonsaroyi meʼmoriy yodgorliklar tasarrufida turizmni rivojlantirish va viloyat yosh hunarmandlarining sehrli qoʻllari bilan yaratilgan milliy mahsulotlarini yurtdoshlarimiz hamda xorijdan tashrif buyuradigan mehmonlarga ulashishda keng yoʻl ochildi.

    Mazkur hududda tashkil etilgan doʻkonlar milliy mahsulotlar savdosi bilan shugʻullanadi. Eʼtiborli tomoni shundaki, hududning tarixiy qiyofasini yoʻqotmagan holda milliy koʻrinishdagi doʻkonlarda barcha qulayliklar yaratilgan.

    Mazkur tashkil etilgan hunarmandchilik doʻkonlari Navoiy viloyati bosh prokuraturasi, Navoiy viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi hamda Hunarmand uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.