Navoiy viloyatida aholi oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” boʻlib oʻtdi.

Ushbu festivalda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Navoiy viloyat bolalar kutubxonasi masʼullari hamda kitobsevar oʻquvchilar va ota-onalar ishtirok etdi. Hududlar va viloyat bosqichida festvalga jami 20 000 nafarga yaqin oʻquvchilar qamrab olinib, 30 nafar gʻolib oʻquvchilar taqdirlandilar.

Festival doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng  faol kitobxon oʻquvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonachi” yoʻnalishlarida gʻoliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.