Maʼlum boʻlishicha, holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.

Aniqlanishicha, 2024-yilning 1-fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan 18-sonli maktabning rus tili oʻqituvchisi M.Sh. dars jarayonida 9-sinfning 2 nafar oʻquvchilari A.A. va Sh.B. larni kaltaklagan.

Oʻquvchilardan biri A.A va uning onasi U.D. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, oʻqituvchi M.Sh. ga qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Jarohat olgan oʻquvchilarga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi oʻtkazilishi tayinlangan.

Xabar da qoʻshimcha maʼlumot berilishi aytiladi.