Musobaqadan koʻzlangan maqsad sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish, senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etishdir.

Ushbu musobaqalar sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi va badminton turlari boʻyicha uch bosqichda oʻtkaziladi.

Musobaqa natijalari qoʻydagicha.

Voleybol: Zarafshon shahar jamoasi 1-oʻrinni egalladi.

Erkaklar oʻrtasidagi stol tennisi bellashuvlarida 1-oʻrin Navbahor tumani deputati Ibragimov Ilhomga nasib Etdi.

Ayollar oʻrtasida stol tennisi bellashuvlarida viloyat Kengashi deputati Hamrayeva Mahfuza gʻolib boʻldi, deb xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.