Navoiyda paxta yig'im-terimi boshlandi

    Hosilni nes-nobudsiz yig'ib olish, paxta dalalarida terimchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi

    Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Qiziltepa tumanidagi paxta qabul qilish punktida bo'lib, ushbu hududda faoliyat yuritayotgan fermer xo'jaliklari rahbarlari va qishloq xo'jaligi tizimi mas'ullari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda yangi mavsumiga rasman start berildi. Ma'lumot uchun, joriy yilda Qiziltepada 7100 gektar maydonda paxta etishtirilgan.

    Shuningdek, viloyat hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi «Navbahor tekstil» MCHJ ga qarashli paxta to'qimachilik klasterida ushbu hududda faoliyat yuritayotgan fermer xo'jaliklari rahbarlari va qishloq xo'jaligi tizimi xodimlari, mahalla raislari hamda mas'ullar bilan ham uchrashdi.

    Joriy yilda tumanda 2023 yil hosili uchun 185 ta fermer xo'jaliklari va paxta to'qimachilik klasteri tomonidan 6600 gektar maydonga chigit ekilib, 24700 tonna paxta xom-ashyosini sotish bo'yicha paxta-to'qimachilik klaster korxonalari bilan shartnomalar tuzilgan.