15-dekabrda Qatagʻon qurbonlarini aniqlash, ularning hayoti va faoliyati haqidagi maʼlumotlarni oʻrganish ishlarini tashkil etish boʻyicha Respublika ishchi guruhi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi “Uzarxiv” agentligi direktori Yusupov Ulugʻbek Navoiy viloyatida boʻlib, Viloyat ishchi guruhi aʼzolari hamda ilmiy-ishchi guruh xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan asosiy oʻrin olgan masala davlatimiz rahbarining qatagʻon qurbonlarini aniqlash, ularning hayoti va faoliyati haqidagi maʼlumotlarni oʻrganish yuzasidan qabul qilgan farmoyishning viloyatda amalga oshirilishi bilan tanishdi.
Dastlab, Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyini tashkil etish va yuritish boʻyicha institutda tashkil qilingan ilmiy-ishchi guruh faoliyati bilan, shuningdek, muzey ekspozitsiyalari, unda aks etgan xotiralar va ashyolar bilan tanishdi.
Maʼlumot uchun, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi umumiy maydoni 400 kvadrat metr boʻlgan 9 ta tematik boʻlimdan iborat.
Dilfuza Gulyamova,
Navoiy viloyati.