Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Navbahor tumani “Qorovultepa” MFY hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosida soat tonggi 04:30 da oʻtkazilgan reyd davomida Qiziltepa tumani Toshrabot qishlogʻida yashovchi fuqarolar Gʻ.Sh., O.M. va A.Z. Zarafshon daryosidan elektr qarmoq yordamida baliq ovlashgani aniqlandi.
Huquqbuzarlar jami 26 ta tovon, 8 ta oq amur, 6 ta doʻngpeshona, 32 ta zogʻora, 32 ta laqqa, 249 ta Samarqand loyxoʻragi hamda 46 ta Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston moʻylovdori baliqlarini ovlashgan. Natijada tabiatga 6 milliard 324 mln soʻm zarar yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar holatga huquqiy baho berish va chora koʻrish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.