Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro K.H.ga oltin konlarida noqonuniy ravishda oltin zarrachalari mavjud qumlarni qazib olishda portlatish va oltin qazib olish ishlariga “sherik” sifatida qoʻshish evaziga, portlovchi moddalardan qoʻlbola usulda tayyorlangan 14 dona qurilmani bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy moddalarning, portlash vositalarining yoki portlash qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.