Xususan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan Karmana tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Buxoro-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Labo” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada avtoulov yukxonasida yukka tegishli hech qanday hujjatlari boʻlmagan, qiymati qariyb 100 mln soʻmlik televizor hamda changyutgich tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.