Ota-onalar chaqaloqlarga Shukrona, Shodiyona, Imona deb nom berdilar. Shifokorlarning taʼkidlashicha, chaqaloqlar sogʻlom, ular 2 kilo 520 gram, 2 kilo 480 gram, 2 kilo 460 gram vaznda dunyoga kelishgan.
Navoiy shahar FHDYO boʻlimi mudirasi Aziza Fayziyeva chaqaloqlarga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani sayyor taribda topshirdi. Joriy yilning 5-may kuniga qadar Navoiy shahrida 1253 nafar bola dunyoga kelgan.