e'tiborlisi, mazkur mehmonxona 6 oyda qurilishdagi yangi texnologiya — engil konstruktsiya usulida bunyod etildi.
Bu turdagi qurilish respublikamizda ilk bor qo'llanildi. Kiritilgan yangilik shundaki, qurilish 6 oy mobaynida metal konstruksiya asosida qurilgan.
"Mehmonxona turizm sohasiga oid 32 ta invistitsiyaviy loyihalardan biri hisoblanadi. Ularning jami qiymati 142 milliard so'mni tashkil etadi. Mazkur loyihalardan biri “Navoiy-Fayz” mehmonxonasining ishga tushirilishi bo'ldi", — deydi Navoiy viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi bosh o'rinbosari Dilshod Xo'jaev.
"Mehmonxonamiz jami 60 o'rinli 40 ta xona xizmat ko'rsatishga tayyor. Nafaqat turizmni rivojlantirish uchun, balki yosh kadrlarimizni ish bilan ta'minlashni ham maqsad qilganmiz. Qurilish boshlangandan buyon 100 dan oshiq ish o'rni yaratildi va bu son yana ortadi. Kelgusi yilda shu uslubdagi mehmonxona sonini yana bittaga ko'paytirsh rejamizda bor", — deydi tadbirkor Azamat Hojiev.
Xorijiy va mahalliy sayyohlarni qabul qilishga mo'ljallangan ushbu mehmonxona faoliyatini boshlashi munosabati bilan 15 ta yangi ish o'rni yaratilgan.
Ma'lumot o'rnida, ayni paytda Navoiy viloyatida turizm sohasida 32 ta umumiy qiymati 142 mlrd so'mlik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda.