O‘tgan yil 27-avgust kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida 100 MVt quvvatli O‘zbekistondagi birinchi yirik quyosh fotoyelektr stansiyasi ishga tushirilgan edi.

Bugungi kunda stansiya bir kunda 1 million kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.

Stansiya ishga tushgandan to bugungi kunga qadar 252 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. 

Ushbu stansiya 80 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.