Navoiyga 42 ta zamonaviy “Yutong” avtobuslari olib kelindi

    Transport 9 Iyun 2025 948

    Mazkur avtobuslar Karmana tumani markazi va Navoiy shahri barcha koʻchalarini qamrab oluvchi yoʻnalishlarda harakatlanishi tashkil etiladi.

    Qayd etilishicha, Navoiy viloyatiga 1-bosqichda aprel oyida Xitoydan olib kelingan 18 dona zamonaviy avtobuslar “Navoiy“ avtovokzali – viloyat Avtoyoʻl boshqarmasi“ va Tinchlik qoʻrgʻoni – “Malika“ avtostansiyasi yoʻnalishida brutto-shartnoma asosida qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi.

    2-bosqich doirasida kuni kecha viloyatga 42 dona “Yutong” avtobuslari olib kelindi.