Buyuk shoirning ilk devoni “Badoyiʼ ul-bidoya” hisoblanadi. Bu toʻplam “Ilk devon” nomi bilan adabiyot olamida mashhur. Mazkur qoʻlyozma hozirda Rossiya Milliy kutubxonasida, Sankt-Peterburgda saqlanadi.

Navoiyning oqqoʻyunlilar davrida tuzilgan devoni Misrdan topilgan. Devon xotimasidagi u 876-yili Rajab oyining 12-kuni (1471-yil 24-dekabr) koʻchirilgan deyiladi.

Qoʻlyozmaning qanday qilib Misrga borib qolganligi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Mazkur qoʻlyozma navoiyshunos olim Aftondil Erkinov tomonidan aniqlangan va ayni paytda har taraflama tadqiq qilinmoqda.