Navroʻz bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz?

    Mamlakatimizda 19 Mart 2025 2218

    Adliya vazirligi Navroʻz bayrami munosabati bilan dam olish kunlarini maʼlum qildi.

    Unga koʻra;

    — 21-mart (juma) – Navroʻz bayrami – barcha uchun dam olish kuni;
    — 22-mart (shanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;
    — 23-mart (yakshanba) – dam olish kuni.

    Shunday qilib oʻzbekistonliklar Navroʻz bayrami munosabati bilan 3 kun dam olishadi.