баннер
22 Mar 2025
15:48

    Navroʻz bayrami qulay ob-havo sharoitida oʻtadi — Oʻzgidromet

    Shanba va yakshanba kunlari respublikaning gʻarbiy hududlariga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

    Bugun Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo +25...+27 daraja iliqqacha, baʼzi joylarda +30 daraja iliqqacha isiydi.

    21-martda respublika hududining katta qismida Navroʻz bayrami qulay ob-havo sharoitida oʻtadi, faqat respublika shimolida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kunduzgi havo harorati +27...+30 daraja iliq atrofida boʻladi.

    Shanba va yakshanba kunlari respublikaning gʻarbiy hududlariga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. 22-23-mart kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda qorga aylanadi.

    Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayadi va +22...+27 daraja iliqni tashkil etadi.

    Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

    Toshkentda: 20-23-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 21 va 23-martda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechalari 12-14 daraja iliq, kunduz kunlari 26-28 daraja iliq boʻladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech