28-dekabr Rossiya o'z hududida koronavirus qurbonlari sonining uch baravar ko'pligini tan olishi natijasida bu davlat COVID-19dan o'lim ko'rsatkichlari bo'yicha dunyoda uchinchi o'ringa ko'tarildi.

Rosstat statistika agentligi ma'lumotiga ko'ra, Rossiyada yanvar-noyabr oylari orasida qayd etilgan barcha o'limlar soni 229 700 ta bo'lgan. Bosh vazir o'rinbosari Tat`yana Golikovaning aytishicha, bu o'limlar virus sababli yuz bergan. Bu mamlakatda COVID-19 kasalligidan 186 ming kishi vafot etganini anglatadi.

Rasmiy statistikaga ko'ra, bugungi kunda ushbu davlatda virusga chalinganlar soni 3 milliondan oshdi. Qurbonlar soni 55 265 tani tashkil qilmoqda.