Keniya poytaxtining Embakasi hududidagi yong'in yarim tunda boshlangan. Yong'in oldidan bir nechta portlashlar sodir bo'lgan. Avvalroq ikki kishining hayotdan ko'z yumgani va 167 nafar odam kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.
“Turli bo'linmalarning muvofiqlashtirilgan sa'y-harakatlari tufayli 271 kishi Nayrobidagi turli tibbiyot muassasalariga muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi”, deb xabar berdi Qizil Xoch.
Yana 27 nafar jabrlanganlarga joyida tezkor yordam ko'rsatildi, deb xabar beradi ria.ru.