Bu haqda Inspeksiya axborot xizmati maʼlum qildi.

Tekshiruv davomida «P.M.S.A» korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan sintetik kir yuvish vositasi tahlil qilindi. Olib borilgan laboratoriya tahlillari natijasida ushbu mahsulot belgilangan talab va meʼyorlarga mos kelmasligi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega emasligi aniqlandi.

Bundan tashqari, mahsulot tamgʻasida qonunchilikka zid ravishda muvofiqlik belgisi (sertifikat belgisi) qoʻllangani qayd etildi. Bu holat Oʻzbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida«gi Qonunining 28 va 29-moddalari talablari buzilishiga olib keladi.

Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan savdo nuqtasiga mazkur sifatsiz sintetik kir yuvish vositasini savdodan olib tashlash boʻyicha rasmiy taqdimnoma kiritildi.

«Agar siz savdo rastalarida sifatiga shubha uygʻotadigan mahsulotlarga duch kelsangiz, uning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishga toʻliq huquqingiz bor. Bu — qonun bilan kafolatlangan isteʼmolchi huquqingiz hisoblanadi. Shuningdek, sifati shubhali mahsulotlar boʻyicha murojaatlaringizni 1880 qisqa raqami orqali Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yetkazishingiz mumkin« — deyiladi xabarda.