Londonning ICE birjasida bugun ertalab Toshkent vaqti bilan soat 07:54 da Brent markali bir barreli neft 116,66 dollardan sotildi. Shuni aytib oʻtish lozimki, 2013-yilning avgustidan buyon bunday yuqori narx qayt etilmagan edi.

WTI markali neft esa aprelda yetkazib berish sharti bilan 113,30 dollardan sotildi.