Londonning ICE birjasida boʻlib oʻtgan soʻnggi savdolarda Brent markali neftning bahosi 2,34 foiz koʻtarilib, 97 AQSH dollarini tashkil etdi. Oxirgi marta 2014-yilning sentyabrida bir barrel neft bundan qimmatroqqa sotilgan edi.

Birja savdolarida WTI markali neft bahosi ham 3,41 foiz koʻtarilib, bir barreli 93,29 dollarga baholandi.