– Bizda tuproq, iqlim, suv sharoitini hisobga olganda, bilimli mutaxassislar etishmaydi, – deydi universitet rektori Rustam Xolmurodov. – SHuning uchun ham bugun tadbirkorlarimiz chet eldan mutaxassis olib kelib, ular ko'magida tadbirkorlik ishlarini yo'lga qo'ymoqda. Nega biz o'zimiz shunday mutaxassislarni tayyorlamaymiz? Agar etuk agronomlar o'zimizda tayyorlansa, xalqning oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyoji qondiriladi. SHuningdek, chet ellarga eksportbop mahsulotlar ham etishtiriladi. ehtiyojdan kelib chiqib, universitetda agrobiotexnogiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakul`teti ochishni rejalashtirdik.

Darhaqiqat, yangi o'quv yilidan boshlab universitet qoshida Tayloq agrobiotexnologiyalar texnikumi ochiladi. Texnikumga 300 nafar talaba qabul qilinadi. Universitet professor-o'qituvchilari fakul`tetda ham texnikumda ham birdek faoliyat olib boradi. Texnikumni a'lo baholarga bitirgan o'quvchilar universitetning o'sha yo'nalishdagi fakul`tetiga 2-kursdan imtihonsiz qabul qilinadi.

Universitet tasarrufida yana bir texnikum – Jomboy pedagogika texnikumi faoliyati yo'lga qo'yiladi. YAngi o'quv yilidan ushbu texnikumga ham talabalar qabul qilinadi. Bundan tashqari, universitetda huquqshunoslik fakul`teti ochiladi.

– CHet davlatlarda har bir sohaning o'z huquqshunoslari bor. Biz ham kelajakda shunday maqsadlarni oldimizga qo'yib, huquqshunoslarga bo'lgan ehtiyojning ortishi bois huquqshunoslik fakul`tetini qayta ochishga qaror qildik. Hozircha fakul`tetga 50 nafar talaba qabul qilinadi, – deydi universitet rektori.

SHuningdek, sirtqi ta'lim shaklida ta'limni yanada samarali tashkil etish uchun sirtqi ta'lim fakul`teti faoliyati yo'lga qo'yiladi. YAngi ochilayotgan fakul`tetlarda 2020-2021 o'quv yilidan “Fuqarolik jamiyati va milliy g'oya”, “Huquqshunoslik va huquq ta'limi”, “Iqtisodiyot va menejment”, “Agrokimyo va o'simliklarni himoya qilish”, “Meva-uzumchilik va sabzavotchilik”, “Tuproqshunoslik va qishloq xo'jalik texnologiyalari” va “Masofaviy ta'lim” kafedralari tashkil etiladi. Qolaversa, universitetda yangi o'quv yilidan dasturiy injiniring ta'lim yo'nalishlarida kadrlar tayyorlanayotgani munosabati bilan “Dasturiy ta'minot va injiniring” kafedrasi ham ochiladi.

SHuningdek, mexanika va matematika fakul`teti bundan buyon matematika fakul`teti deb nomlanadi. Iqtisodiyot va biznes fakul`teti hamda harbiy kafedra tugatiladi. Bundan tashqari, universitetda qo'shimcha ikkita o'quv bino hamda uchta talabalar yotoqxonasi qurilmoqda.