— Koronavirusni yuqtirish holati bolalarda ham uchramoqda, ammo nega ularni emlash tavsiya etilmayapti?
— Bolalar oʻrtasida ham kasallanish holatlari kuzatilayotgan boʻlsa-da, dunyo olimlari, nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilayotgan vaksinalar bolalar oʻrtasida foydalanish mumkinligi hozircha tasdiqlanmagan.
Ayni paytgacha tayyor boʻlgan yoki JSST tomonidan favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat etilgan vaksinalar bilan bolalarni emlash hozircha koʻzda tutilmagan. Shuning uchun 1-apreldan boshlangan emlash tadbirlarida 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni emlashga tavsiya etilmayapti.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.