Kamharakat mehnat faoliyatining “bonuslaridan“ biri — umurtqa pogʻonasi va qomatni tutish bilan bogʻliq muammolar, yelkalar, boʻyin, boshda ogʻriq sezilishi sanaladi. Mushaklar faoliyatida zaiflashuv kuzatiladi, u inson organizmidagi muhim aʼzolar funksiyasining buzilishiga olib keladi.

Oʻtroq turmush tarzi ertami-kech ortiqcha vazn toʻplanishiga sabab boʻladi. Toʻlacha insonlar ozgʻin insonlarga qaraganda sutkasiga 2,5 soat koʻproq oʻtirgan holatda boʻlishlari aniqlangan.

Bir joyda uzoq vaqt oʻtirib ishlash bir nechta surunkali kasalliklar — qandli diabet, jigar, yurak-qon tomir kasalliklari, harakat-tayanch apparati, nafas olish, ovqat hazm qilish tizimlari faoliyatini izdan chiqaradi. Inson uzoq vaqt davomida harakatsiz qolsa, oyoqlarning boldir va tovon mushaklari keragicha ishlamaydi va natijada tomirlar tonusining zaiflashuvi va qon yurishi susayishi boshlanadi.

Kam harakatlilikning oldini olish uchun ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishni kanda qilmaslik, toza havoda sayr qilish, liftdan foydalanmaslik, piyoda yurishda nafas olish gimnastikasini olib borish (chuqur nafas chiqarib 4 qadam yurish, nafasni ushlab turib 4 qadam yurish, chuqur nafas olib yana 4 qadam yurish), yugurish, velosiped minish, suzish, jismoniy mehnat bilan shugʻullanish, organizmni chiniqtirish, ratsional ovqatlanish, ofisda esa har 1-2 soatda tanaffus olishlari tavsiya etiladi.