1-apreldan boshlab mamlakatda katta shahar va viloyatlarining markazlarida emlash punktlarida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayoni boshlandi.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar davlatimiz tomonidan xarid qilingan boʻlib, ular emlanayotganlar uchun mutlaqo BEPUL.
Vaksinani davlat xaridi uchun belgilangan narxi haqida gapiriladigan boʻlsak, uni ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilanadi. Va bu oʻrinda vaksinalarni JSSTning rasmiy roʻyxatiga kiritilganligi uning sifati yuqori ekanligini bildirishini taʼkidlamoqchimiz.
Chunki, dunyodagi koʻpgina davlatlarda vaksinalar ishlab chiqilmoqda, lekin ularning sifat va samardorligi past boʻlgani bois JSSTning roʻyxatiga kiritilmayapti.