Bugungi kunda ayrim hududlarda ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari soni 130 taga etdi, mijozlar soni esa kuniga 300 dan 1,5 minggacha odamni tashkil etmoqda.
 
SHu bilan birga, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat etuvchi aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining soni doimiy ravishda o'sib borishi mazkur sohani takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha choralar ko'rilishini talab etmoqda.
 
Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat xizmatlari ko'rsatish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davom ettirilishini ta'minlash maqsadida qator normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
 
Boz ustiga, kuni kecha yurtboshimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi. Ijtimoiy ob'ektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlash, mobil internet qamrovini kengaytirish, axborotlarni qayta ishlaydigan markazlarni ko'paytirish bo'yicha topshiriqlar berildi.
 
Murojaatchilar bugungi kunda internet orqali onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishmoqda, bu esa o'z navbatida murojaatchilarga qulay va shaffof hisoblanadi.
 
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilingan.
 
Qarorda YAgona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlar shaklidagi elektron davlat xizmatlari ko'rsatish natijalari davlat organlari tomonidan davlat xizmatlari ko'rsatishda qog'oz manbada beriladigan hujjatlarga tenglashtirilishi nazarda tutilgan bo'lsa-da, biroq, ayrim davlat organlari tomonidan my.gov.uz – YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali shakllantirilgan qonuniy hujjatlarni inobatga olmasdan fuqarolardan Davlat xizmatlari markazining muhri talab qilinmoqda.
 
150 (1).jpg
 
YUqorida keltirilgan Qaror bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali to'g'risida”gi Nizomning 34-bandiga muvofiq elektron hujjatlardagi ma'lumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga YAgona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qat'iyan taqiqlanishi belgilangan.
 
Bundan tashqari davlat organlari YAgona portalda shakllantirilgan elektron hujjatni elektron hujjatlar repozitoriysining rasmiy veb-sayti orqali noyob identifikatsiya raqamini kiritish yoki elektron hujjatda joylashgan QR–kodni skaner qilish yo'li bilan ariza beruvchilardan olingan elektron hujjatlarning qog'ozli manbadagi nusxalarining haqiqiyligini tekshirish va ular bo'yicha ma'lumotlar olish imkoniyatiga ega.
 
                                                                                                                                                    Baxtiyor Axmedov,
                                                                              YAshnobod tumani Davlat xizmatlari markazi direktori