Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi mazkur post yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston barcha shakllardagi irqiy kamsitishlarni bartaraf etish boʻyicha Konvensiyani ratifikatsiya qilgan va ushbu yoʻnalishda tegishli xalqaro majburiyatlarni oʻz zimmasiga olgan.
Shu bilan birga, har qanday mahsulotning eksporti xalqaro talablar va import qiluvchi davlatning qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Aytish kerak, mahsulot tamgʻalashiga oid barcha talablar aniq belgilangan boʻlib, ularning bajarilishi ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar zimmasiga yuklatiladi.
Shu sababli, xalqaro bozorda mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda eksport jarayonlarida muammolarga duch kelmaslik uchun belgilangan texnik talablar va qonunchilik normalariga qatʼiy rioya qilish lozim.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ishlab chiqaruvchiga tegishli ogohlantirish xati yubordi.
Eslatib oʻtamiz, irqiy kamsitish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligining vakolat doirasiga kirmaydi.