Jumladan, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi “Fargʻona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro Yu.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi oʻrnatilgan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada mazkur avtotransport vositasining old kapoti ostida va eshiklarining ichiga yashirilgan, xorijda tayyorlangan hamda sifatini kafolatlovchi birorta hujjatlari boʻlmagan, qiymati 16 million soʻmlik 16 kg “moʻmiyo” borligi aniqlandi.
Mazkur holat boʻyicha huquqbuzarga nisbatan Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona tuman sudining qaroriga asosan jarima va huquqbuzarlik ashyosi boʻlgan “moʻmiyo” mahsulotlarini yoʻq qilish jazosi qoʻllandi.