“Neksiya”ga yashirilgan dorilar fosh etildi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining yurtimizda noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

    Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.

    Natijada, avtotransport vositasining yukxonasida fuqaro M.M.ga tegishli boʻlgan, umumiy qiymati 66,5 million soʻmlik xorijda ishlab chiqarilgan 770 dona “Lirika 300 mg” nomli va 560 dona “Regapen 300 mg” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.