Nemis tilidan oltin medal olgan andijonlik qizning ota-onasiga Umra ziyoratiga yoʻllanma berildi

    Farzandining qiziqishlarini eʼtiborga olib, uning taʼlimi uchun kerakli shart sharoitlar yaratib berganliklari uchun Rayyonaning ota-onasiga Umra ziyorati uchun yoʻllanma berildi.

    Bu haqda turistik xizmatlarni koʻrsatuvchi firmalardan biri oʻz “Instagram” sahifasida eʼlon qildi.

    Bugun Toshkent shahrida turistik xizmatlarni koʻrsatuvchi firmalardan biri uning ota-onasiga Makka shahriga – Umra ziyorati yoʻllanmasini topshirdi.

    Avvalroq Andijonlik Rayyona Ibrohimova shu yilning 15–22-iyul kunlari Germaniyaning Gyottingen shahrida boʻlib oʻtgan nemis tili boʻyicha Butunjahon olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgani boʻyicha xabarlar eʼlon qilingandi.