— Bolalar bogʻchasi tarbiyachisi (nemis tilini B2 va C1 darajada bilish);
— Nemis tili oʻqituvchisi (nemis tilini S1 darajada bilish).
Oylik maosh – 2000 yevrodan boshlanadi.
Ishchilarga oʻz tanlovlariga koʻra yashash joyi taklif qilinadi.
Nomzodlar ish beruvchi tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi.
Nomzodning yoshi 22-45 yosh oraligʻida boʻlishi kerak. Shuningdek, nemis filologiyasi yoki pedagogika yoʻnalishidagi bakalavr diplomiga ena boʻlishi ham talab etiladi. Xalqaro tan olingan va muddati 2 yildan oshmagan nemis tili sertifikati ham zarur.
Tanlovda qatnashish istagida boʻlgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni elektron (pdf) shaklda taqdim etishi lozim:
— xorijga chiqish pasporti;
— bakalavr diplomi (keyinroq notarial tasdiqlangan varianti soʻraladi);
— nemis tilidan V2/S1 sertifikati;
— toʻldirilgan tarjimai hol (anketa nemis tilida) talab etiladi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.