Unda “NEOSUN Energy” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar – quyosh panellari va akkumulyatorlari hamda xizmatlari – quyosh elektr stansiyalarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va xizmat koʻrsatish boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Ishtirokchilar Oʻzbekistonda quyosh energiyasining potensiali yuqori ekanligi va bundan samarali foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish ayni muddao ekanligi alohida eʼtirof etildi.
Uchrashuv davomida jamiyat mutaxassislari “NEOSUN Energy” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan quyosh elektr stansiyalarini loyihalash, ekspluatatsiya qilish, xizmat koʻrsatishga oid hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari sifat koʻrsatkichlari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati