Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar soni 162 nafarga yetgan, 823 kishi bilan hali ham aloqa o‘rnatib bo‘lmayapti.

558 kishi bedarak yo‘qolgan, jumladan, 260 nafar chet el fuqarosi.

08:09

Xitoy-Nepal chegarasidagi “Girong” chegara punktida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida kamida 558 kishi bedarak yo‘qolgan.

Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bedarak yo‘qolgan 558 kishidan 260 nafari chet el fuqarolari.

Ayni paytda, Nepal hukumati mamlakat shimolidagi zarar ko‘rgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlarini kuchaytirdi.

Doimiy armiya allaqachon zarar ko‘rgan hududlarga zarur oziq-ovqat, chodirlar va yordam vositalari, jumladan, dori-darmonlarni yetkazib bergan. Bosh vazir devoni aniqlik kiritganidek, armiya va xususiy vertolyotlar, shuningdek, yer usti qidiruv guruhlari Timur va Syabrubesi tumanlarida va daryo o‘zanida joylashtirilgan, deb xabar berdi report.az.

Avvalroq Nepalda ko‘chki oqibatida 157 kishi, Xitoyda esa yana uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.