197 kishi jarohatlangan. Olis tog'li aholi punktlarida jiddiy vayronagarchiliklar qayd etilgan, ular bilan aloqa uzilgan, ekspertlar shu boisdan qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytishdi. Qutqaruvchilar Nepal g'arbidagi Jayarkot va unga qo'shni G'arbiy Rukum tumanlarida mamlakatda so'nggi to'qqiz yil ichida sodir bo'lgan eng kuchli zilziladan omon qolganlarni qidirmoqda.
Tabiiy ofat juma kuni soat 23:47 da Jayarkot tumanida, Jumla shahridan 36 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan. AQSh Geologiya xizmati zilzila kuchini 5,6 ball, Hindiston seysmologiya markazi esa 6,4 ball deb baholadi. 175 ta yer silkinishlari qayd etilgan, ulardan oltitasining magnitudasi 4 va undan yuqori bo'lgan, deb xabar beradi tass.ru.
“Ko'plab uylar qulab tushdi, qolganlarida esa yoriqlar paydo bo'ldi. Minglab aholi tunni ochiq joylarda, sovuq sharoitda o'tkazdi, dedi Jayarkot tumani matbuot kotibi Xarish Sharma Reuters agentligiga.
Bosh vazir o'rinbosari va ichki ishlar vaziri Kaji Shrestxa shanba kuni vazirlar mahkamasi yig'ilishiga raislik qildi. Qidiruv-qutqaruv ishlari uchun byudjetdan 750 ming dollardan ortiq mablag' ajratishga kelishib olindi. Shrestxaning aytishicha, Hindiston va Xitoy qidiruv-qutqaruv operatsiyalari masalasida yordam taklif qilishgan.
“Biz ularga operatsiyamizning borishi haqida ma'lum qildik va zarurat tug'ilsa, keyinroq yordam so'rashimizni aytdik”, deya uning so'zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.