Nepallik alpinist Everest cho'qqisiga ko'tarilish bo'yicha rekord o'rnatdi

    Nepallik alpinist Kami Rita Everest cho'qqisiga 27-marta ko'tarilib, o'z rekordini yangiladi.

    Rita chorshanba kuni ertalab ko'tarilishni muvaffaqiyatli yakunladi.

    Nepallik dunyodagi eng baland cho'qqiga (dengiz sathidan 8848 metr balandlikda) birinchi marta 1994-yilda ko'tarilgan edi. 53 yoshli alpinist sakkiz ming metrdan yuqori balandlikka ega cho'qqilarga ko'tarilish bo'yicha ham rekordchi hisoblanadi. Rita Cho-Oyyu (8201 metr) tog'iga sakkiz marta, Manasluga (8163) uch marta, K2 (Chogori, 8614 metr) va Lxotsze (8516 metr) tog'lariga bir marta ko'tarilgan, deb xabar beradi mir24.tv.