U AQShdagi Katta Kanondan 20 baravar katta. Olimlar Neptunda hosil bo'lgan qora dog'ning kelib chiqishini tushuntirib bera olishmadi.
Gaz gigantlari yuzasidagi qora dog'lar antitsiklonli bo'ronlardir. Bunga Yupiterdagi Buyuk Qizil dog' misol bo'la oladi, u butun Quyosh tizimidagi eng katta atmosfera girdobidir. U XVII asrdayoq aniqlangan edi.
Dog'larni kuzatish o'n yildan ko'proq vaqt davomida olib borilgan bo'lsa-da, olimlar hali ham ular qanday shakllanganligini aniq bilishmaydi. Neptundagi qora dog' 1989-yilda NASAning “Voyadjer-2” fazoviy kemasi tomonidan topilgan. Keyingi kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, u vaqti-vaqti bilan paydo bo'ladi va yo'qoladi, bu esa tadqiqotni qiyinlashtiradi.
Olimlar dog'lar tasodifiy ravishda bir necha yilda bir marta shimoliy yoki janubiy o'rta kengliklarda paydo bo'ladi va keyin ekvator tomon siljiydi, degan xulosaga kelishdi. Ular taxminan bir yil davomida mavjud bo'ladi, deb xabar beradi mir24.tv.