Neptunga o'xshash ikkita yangi ekzosayyora topildi

    Xalqaro astronomlar jamoasi TOI-5126 yorqin yulduzi atrofida aylanadigan Neptun o'lchamidagi ikkita yangi ekzosayyora topilgani haqida xabar berdi.

    Ekzosayyoralar TESS fazoviy teleskopi yordamida tranzit usulida topildi. Yulduzga eng yaqin ekzosayyora TOI-5126 b deb nomlandi, uning radiusi taxminan 4,74 Yer radiusiga teng, Neptundan 22 foizga kattaroqdir.

    Ikkinchi sayyora TOI-5126 deb nomlangan bo'lib, uning radiusi Yerning radiusidan 3,86 marta katta va shuning uchun Neptun bilan deyarli bir xil. Sayyora 971 kelvin muvozanat haroratiga ega, deb xabar beradi lenta.ru.