"Nestle" va Tianjin iqtisodiy texnologik rivojlanish zonalarini boshqarish qo'mitasi (TEDA) o'simlikka asoslangan mahsulotlarni yaratishda o'zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladilar.
endilikda Osiyoda mintaqasida bu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishda "Nestle" birinchisi bo'ladi. Loyiha quvvati yiliga 8 ming tonnani tashkil etib, korxona shu yil oxirigacha ish boshlashi rejalashtirilmoqda.
Hozircha "Nestle bu borada boshqa tafsilotlarni keltirmagan, ammo "o'simlik mahsulotlari" atamasi ko'pincha go'sht o'rnini bosuvchi va vegetarianlar uchun mo'ljallangan boshqa shunga o'xshash mahsulotlarni anglatadi.
Ma'lumot o'rnida, "Nestle" 1994 yilda Xitoydagi ilk zavodini ishga tushirgan edi.