Bu boradagi yahudiy davlati Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bayonotlari hukumat rahbari devoni tomonidan tarqatildi.

“Men qabul qilgan va mahkama bir ovozdan ma'qullagan qaror shunday: Agar HAMAS shanba kuni tushgacha garovga olinganlarni qaytarmasa, sulh bekor qilinadi va HAMAS mag'lub bo'lgunga qadar SAXAL shiddatli harbiy amaliyotlarni davom ettiradi”, dedi Netanyaxu asosiy vazirlar bilan o'tkazilgan harbiy-siyosiy mahkamaning to'rt soatlik yig'ilishidan so'ng.

Biroq u Isroil shanba kuniga qadar garovga olinganlarning qanchasini ozod qilishni talab qilayotganiga aniqlik kiritmadi, deb xabar beradi report.az.