Netanyaxu Dohaga uyushtirgan hujum uchun Qatar Bosh vaziridan uzr so'radi

    Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yaqinda Dohada Falastinning HAMAS radikal harakati qarorgohiga uyushtirilgan va Qatar xavfsizlik xodimining o'limiga sabab bo'lgan hujum uchun uzr so'radi. Bu haqda Qatar TIV xabar berdi.

    Isroil Bosh vaziri, shuningdek, Qatar hududiga bunday hujumlar kelajakda takrorlanmasligiga va'da berdi.

    Avvalroq Isroil televideniyesining 12-kanalida Netanyaxu Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Al Tani bilan telefon orqali suhbatda 9-sentabr kuni Dohada Falastinning HAMAS radikal harakati yetakchilariga hujum qilib, mamlakat suverenitetini buzgani uchun uzr so'ragani haqida xabar bergan edi.

    Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, Isroil Bosh vaziri AQSh Prezidenti Donald Tramp ishtirokida Oq uydan qatarlik hamkasbiga qo'ng'iroq qilgan, deb xabar berdi tass.ru.

    Suhbat chog'ida Netanyaxu hujumda Qatar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo'lganidan afsusda ekanligini bildirdi, deb xabar beradi telekanal manbaga tayanib.