Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qanday shartlar asosida G'azo sektoridagi mojaroga barham berishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Axios portali Amerika va Isroil manbalariga tayanib, uning bu boradagi fikrlarini keltirib o'tdi.

Netanyaxu AQShga tashrifi chog'ida G'azodagi mojaroga barham berish shartini aytib o'tdi va buning uchun Falastinning HAMAS harakati rahbariyati hokimiyatdan voz kechib, mintaqani tark etishi kerakligini ta'kidladi.

Avvalroq Oq uy AQSh Prezidenti Donald Trampning G'azo sektori bo'yicha rejalariga oydinlik kiritgandi. Departament matbuot kotibi Kerolayn Livittning aytishicha, Vashington G'azo sektoriga qo'shin yuborish yoki uni moliyalashtirish niyatida emas.

Fevral oyi boshida Netanyaxu bilan bo'lib o'tgan muzokaralardan so'ng Tramp AQSh G'azo sektorini o'z nazoratiga olishga, portlamagan bomba va boshqa qurollarni olib tashlashga, hududni tekislashga tayyorligini aytgan edi, deb xabar beradi lenta.ru.